وَلَا تُعْجِبْكَ أَمْوَٰلُهُمْ وَأَوْلَـٰدُهُمْ ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُعَذِّبَهُم بِهَا فِى ٱلدُّنْيَا وَتَزْهَقَ أَنفُسُهُمْ وَهُمْ كَـٰفِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning mol-dunyolari va bola-chaqalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh o`sha narsalar sababli ularni dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos.Уларнинг мол-дунёлари ва бола-чақалари сени ажаблантирмасин. Аслида, Аллоҳ ўша нарсалар сабабли уларни дунёда азоблашни ва кофир ҳолларида жонлари чиқишини хоҳлайди, холос.Alauddin Mansour: Sizni ularning molu dunyolari va bola-chaqalari qiziqtirmasin! Chunki Alloh oʻsha narsalar sababli bu dunyoda ularni azob-uqubatga solishni va kofir boʻlgan hollarida, jonlari chiqishini istaydi, xolos.Сизни уларнинг молу дунёлари ва бола-чақалари қизиқтирмасин! Чунки Аллоҳ ўша нарсалар сабабли бу дунёда уларни азоб-уқубатга солишни ва кофир бўлган ҳолларида, жонлари чиқишини истайди, холос.
Chunki, ularga ajablanib, havas bilan qarash ham hurmat maʼnosini bildiradi. Ular hech bir hurmatga munosib emas. Kufr, munofiqlik va fosiqliklari tufayli hurmat, ehtirom va havasga–ajablanishga loyiq emaslar. Molu dunyolari, bola-chaqalari ularga bu dunyoning azobidir. Molu dunyo topish uchun ikki dunyolarini kuydiradilar. Butun umrlari, kuch-quvvatlari, aql-zakovatlari va vaqtu imkoniyatlarini shunga sarflaydilar. Ular oʻz oʻlchovlaridagi rohatga erishaman deb, molu dunyo topish uchun, oʻzlarini azob-uqubatga giriftor qiladilar. Bola-chaqalari esa qanday boʻlishlaridan qatʼinazar, ular uchun bu dunyoning azobidan iborat boʻlaveradi.
Chunki odatda bunday munofiq va fosiq kimsalar uy-joy va bola-chaqaga haddan ziyod meh qoʻyadilar. Natijada, ular molu dunyo, bola-chaqaga ovora boʻlib, bu dunyodan fosiqliklaricha oʻtib ketadilar. Oʻzlarini oʻnglab, toʻgʻri yoʻlga tushib olishga imkon boʻlmaydi.