وَلَا تُصَلِّ عَلَىٰٓ أَحَدٍ مِّنْهُم مَّاتَ أَبَدًا وَلَا تَقُمْ عَلَىٰ قَبْرِهِۦٓ ۖ إِنَّهُمْ كَفَرُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَمَاتُوا۟ وَهُمْ فَـٰسِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va hech qachon ulardan o`lgan birortasiga ham (janoza) namoz o`qima, qabri ustida turma. Chunki, ular Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida o`ldilar.Ва ҳеч қачон улардан ўлган бирортасига ҳам (жаноза) намоз ўқима, қабри устида турма. Чунки, улар Аллоҳга ва Унинг Расулига куфр келтирдилар ҳамда фосиқ ҳолларида ўлдилар.Alauddin Mansour: Ulardan birontasi oʻlsa, zinhor uning (janoza) namozini oʻqimang va qabri ustiga ham borib turmang! Chunki ular Alloh va Uning paygʻambariga kofir boʻldilar va itoatsiz hollarida oʻldilar.Улардан биронтаси ўлса, зинҳор унинг (жаноза) намозини ўқиманг ва қабри устига ҳам бориб турманг! Чунки улар Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига кофир бўлдилар ва итоатсиз ҳолларида ўлдилар.
Tavba qilmasdan, fosiq–dindan chiqqan holida, munofiqlik holida, yaʼni, Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirgan holatda oʻlganlarga nisbatan ana shunday munosabatda boʻlish kerak. Chunki, janoza namozini oʻqish, qabri ustida turish oʻlgan uchun katta hurmat va eʼzozdir. Bu ulkan hurmat va eʼzozni haqdor kishilarga qilish kerak. Munofiq va fosiqlar bunga loyiq emas.