فَإِن رَّجَعَكَ ٱللَّهُ إِلَىٰ طَآئِفَةٍ مِّنْهُمْ فَٱسْتَـْٔذَنُوكَ لِلْخُرُوجِ فَقُل لَّن تَخْرُجُوا۟ مَعِىَ أَبَدًا وَلَن تُقَـٰتِلُوا۟ مَعِىَ عَدُوًّا ۖ إِنَّكُمْ رَضِيتُم بِٱلْقُعُودِ أَوَّلَ مَرَّةٍ فَٱقْعُدُوا۟ مَعَ ٱلْخَـٰلِفِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Alloh seni ulardan bir toifasiga qaytarsa-yu, ular sendan (urushga) chiqishga izn so`rasalar: «Men bilan hech qachon chiqmaysizlar va men bilan birga hech qachon jang qilmaysizlar, sizlar birinchi martada o`tirishga rozi bo`ldingiz, bas, ortda qoluvchilar bilan o`tiraveringlar», – deb ayt.Бас, Аллоҳ сени улардан бир тоифасига қайтарса-ю, улар сендан (урушга) чиқишга изн сўрасалар: «Мен билан ҳеч қачон чиқмайсизлар ва мен билан бирга ҳеч қачон жанг қилмайсизлар, сизлар биринчи мартада ўтиришга рози бўлдингиз, бас, ортда қолувчилар билан ўтираверинглар», – деб айт.Alauddin Mansour: Endi agar Alloh sizni (Tabuk jangidan) qaytarib, ulardan biron toifaga (roʻbaroʻ qilsa) bas, ular sizdan (bundan buyon boʻladigan gʻazotlarga) chiqish uchun izn soʻrasalar, aytingki: «Men bilan hargiz chiqmaysizlar va men bilan birga biror dushmanga qarshi jang ham qilmaysizlar. Chunki sizlar avval-boshda chiqmay oʻtirishga rozi boʻldingiz, bas, yana qolguvchi kimsalar bilan birga oʻtiraveringlar».Энди агар Аллоҳ сизни (Табук жангидан) қайтариб, улардан бирон тоифага (рўбарў қилса) бас, улар сиздан (бундан буён бўладиган ғазотларга) чиқиш учун изн сўрасалар, айтингки: «Мен билан ҳаргиз чиқмайсизлар ва мен билан бирга бирор душманга қарши жанг ҳам қилмайсизлар. Чунки сизлар аввал-бошда чиқмай ўтиришга рози бўлдингиз, бас, яна қолгувчи кимсалар билан бирга ўтираверинглар».
Ogʻir paytda qiyinchilikdan qochib, jonining rohatini koʻzlagan, avval boshdayoq ishni buzishga harakat qilganlardan hech qachon yaxshilik chiqmaydi. Ular doimo pand beradilar. Shuning uchun:
«Bas, Alloh seni ulardan bir toifasiga qaytarsa-yu, ular sendan (urushga) chiqishga izn soʻrasalar...»
Yaʼni, Tabukdan eson-omon qaytib borsang-u, munofiqlar huzuringga kelib, sendan sen bilan birga kelasi urushga chiqishga izn soʻrasalar. Bunday boʻlishi turgan gap. Chunki sizlar gʻolib boʻlganingizdan keyin munofiqlar sizlarga qoʻshilishga harakat qiladilar. Shunda, sen ularga:
«Men bilan hech qachon chiqmaysizlar va men bilan birga hech qachon jang qilmaysizlar»,–deb ayt.
Nima uchun, degan savol paydo boʻlsa:
«Sizlar birinchi martada oʻtirishga rozi boʻldingiz, bas, ortda qoluvchilar bilan oʻtiraveringlar», – deb ayt».