وَجَآءَ ٱلْمُعَذِّرُونَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ لِيُؤْذَنَ لَهُمْ وَقَعَدَ ٱلَّذِينَ كَذَبُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۚ سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: A'robiylardan uzr aytuvchilar ularga izn berilishini so`rab keldilar. Allohga va Rasuliga yolg`on gapirganlar esa, o`tirib qoldilar. Ulardan kofir bo`lganlarga alamli azob yetadir.Аъробийлардан узр айтувчилар уларга изн берилишини сўраб келдилар. Аллоҳга ва Расулига ёлғон гапирганлар эса, ўтириб қолдилар. Улардан кофир бўлганларга аламли азоб етадир.Alauddin Mansour: Aʼrobiylardan (yaʼni, togʻlik dinsiz arablardan) ham oʻzlari uchun izn berilishini soʻrab uzr aytguvchilar keldi va (iymon keltirdik, deb) Alloh va Uning paygʻambarini aldagan kimsalar urushdan qoldilar. Albatta, ularning orasidagi kofir kimsalarga alamli azob yetajak!Аъробийлардан (яъни, тоғлик динсиз араблардан) ҳам ўзлари учун изн берилишини сўраб узр айтгувчилар келди ва (иймон келтирдик, деб) Аллоҳ ва Унинг пайғамбарини алдаган кимсалар урушдан қолдилар. Албатта, уларнинг орасидаги кофир кимсаларга аламли азоб етажак!
Arab tilida «aʼrobiy» deb sahroda istiqomat qiluvchi arablarga aytiladi. Ularning ichidan ham Tabuk urushiga bormay qolganlari bor edi. Ular ikki qismdan iborat edi. Birinchi qismdagilar uzrlari borligi uchun Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib izn soʻrashgan va u zot sollallohu alayhi vasallam ularga ruxsat bergan edilar. Ikkinchilari esa, Allohga va Rasuliga yolgʻon gapirgan, moʻmin boʻlmasa ham, moʻminman deb yurganlar edilar. Ular izn ham soʻrab oʻtirmay, urushga bormay qoʻya qoldilar. Birinchilariga hech gap boʻlmasa ham, ikkinchilariga bu ishlari uchun alamli azob boʻlishi muqarrardir.
Yuqoridagi oyatlardan, hamma urushga borishi shart ekan, bu masalada uzr oʻtmas ekan, degan notoʻgʻri fikr tugʻilmasligi kerak. Keyingi oyatlarda kimlarga ruxsat berilgani aytiladi: