لَّيْسَ عَلَى ٱلضُّعَفَآءِ وَلَا عَلَى ٱلْمَرْضَىٰ وَلَا عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ مَا يُنفِقُونَ حَرَجٌ إِذَا نَصَحُوا۟ لِلَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۚ مَا عَلَى ٱلْمُحْسِنِينَ مِن سَبِيلٍ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zaifhollarga, bemorlarga va sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmayotganlarga, Allohga va Rasuliga ixlosli bo`lsalar, nasihat qilsalar, gunoh yo`q. Chiroyli amal qiluvchilarni ayblashga yo`l yo`q. Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.Заифҳолларга, беморларга ва сарф-харажат қиладиган нарса топа олмаётганларга, Аллоҳга ва Расулига ихлосли бўлсалар, насиҳат қилсалар, гуноҳ йўқ. Чиройли амал қилувчиларни айблашга йўл йўқ. Аллоҳ мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Ojiz-notavonlarga, hastalarga va (jihod uchun) bergani hech narsa topa olmayotgan kishilarga — agar ular Alloh va Uning paygʻambari uchun xolis boʻlsalar, biron xaraj — gunoh yoʻqdir. Chiroyli amal qiluvchi — muhsinlarni ayblashga hech qanday yoʻl yoʻq. Alloh magʻfiratli, mehribondir.Ожиз-нотавонларга, ҳасталарга ва (жиҳод учун) бергани ҳеч нарса топа олмаётган кишиларга — агар улар Аллоҳ ва Унинг пайғамбари учун холис бўлсалар, бирон хараж — гуноҳ йўқдир. Чиройли амал қилувчи — муҳсинларни айблашга ҳеч қандай йўл йўқ. Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.
Urushga yaramaydigan zaifhol kishilar, bemorlar yoki urushga borish uchun kerak boʻladigan sarf-harajatlarni koʻtara olmaydigan odamlar urushga bormay qolsalar, ayb emas. Gunoh ham boʻlmaydi. Chunki, Islom insonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. Mazkur uzrlar bilan urushga bormay qolgan shaxslar:
«Allohga va Rasuliga ixlosli boʻlsalar, nasihat qilsalar, gunoh yoʻq», yaʼni ular gunohkor boʻlmaydilar.
Ammo, ular jamiyat uchun xatarli bir paytda beparvo boʻlmay, ixlos bilan oʻzlariga yarasha ishlarni ado etishlari lozim. Misol uchun, qoʻriqchilik, ayollar va bolalarga qarash va shunga oʻxshash musulmonlar uchun foydali ommaviy ishlarni qiladilar. Hech boʻlmaganda, nasihat bilan tashviqot-targʻibot ishlarini olib boradilar.