QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят92

وَلَا عَلَى ٱلَّذِينَ إِذَا مَآ أَتَوْكَ لِتَحْمِلَهُمْ قُلْتَ لَآ أَجِدُ مَآ أَحْمِلُكُمْ عَلَيْهِ تَوَلَّوا۟ وَّأَعْيُنُهُمْ تَفِيضُ مِنَ ٱلدَّمْعِ حَزَنًا أَلَّا يَجِدُوا۟ مَا يُنفِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yana, senga ulov berishing uchun kelganlarida: «Sizlarni mindirgani narsa topa olmayapman», deganingda g`amgin bo`lib, ko`zlaridan yoshlari to`kilib, orqaga qaytib ketganlarga ham, sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmaganlari uchun gunoh yo`q.Яна, сенга улов беришинг учун келганларида: «Сизларни миндиргани нарса топа олмаяпман», деганингда ғамгин бўлиб, кўзларидан ёшлари тўкилиб, орқага қайтиб кетганларга ҳам, сарф-харажат қиладиган нарса топа олмаганлари учун гуноҳ йўқ.Alauddin Mansour: Yana sizga (jangga minib borish uchun) ot-ulov soʻrab kelgan vaqtlarida, ularga: «Sizlarni mindirib yuboradigan ulov yoʻq-ku», deganingizda (jihod uchun) ishlatiladigan biron narsa topa olmaganlari uchun gʻamgin boʻlishib, koʻzlaridan yosh toʻkib, qaytib ketgan kishilarni ham ayblashga hech qanday yoʻl yoʻqdir.Яна сизга (жангга миниб бориш учун) от-улов сўраб келган вақтларида, уларга: «Сизларни миндириб юборадиган улов йўқ-ку», деганингизда (жиҳод учун) ишлатиладиган бирон нарса топа олмаганлари учун ғамгин бўлишиб, кўзларидан ёш тўкиб, қайтиб кетган кишиларни ҳам айблашга ҳеч қандай йўл йўқдир.

201-sahifa · 10-juz · 20-hizb201-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva yoʻq (gunoh)ва йўқ (гуноҳ)عَلَى-ga-гаٱلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаإِذَاqachonkiқачонкиمَآqachonkiқачонкиأَتَوْكَsenga kelganlaridaсенга келганларидаلِتَحْمِلَهُمْularga ulov berishing uchunуларга улов беришинг учунقُلْتَsen dedingсен дедингلَآemasэмасأَجِدُtopa olmayapmanтопа олмаяпманمَآnarsaнарсаأَحْمِلُكُمْsizlarni mindirganiсизларни миндирганиعَلَيْهِungaунгаتَوَلَّوا۟orqaga qaytib ketdilarорқага қайтиб кетдиларوَّأَعْيُنُهُمْva koʻzlariва кўзлариتَفِيضُtoʻkilibтўкилибمِنَ-dan-данٱلدَّمْعِyoshlariёшлариحَزَنًاgʻamgin boʻlibғамгин бўлибأَلَّاemasligi uchunэмаслиги учунيَجِدُوا۟topishlariтопишлариمَاnarsaнарсаيُنفِقُونَsarf-xarajat qiladiganсарф-харажат қиладиган
TafsirТафсир

Bu toifadagilar oʻzlari sogʻ-salomat, baquvvat, urushga yaraydilar. Ragʻbatlari ham bor. Urushga borish uchun joʻnab yoʻlga ham chiqqanlar. Ammo, Tabuk uzoq joy boʻlgani uchun minib oladigan ulov kerak. Ularning esa, ulovlari yoʻq. Shuning uchun, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga ulov soʻrab kelishgan. U zot sollallohu alayhi vasallam ularga mindirishga ulov yoʻqligini aytganlar. Shunda, bu ixlosli kishilar jihoddek sharafli va savobli ishdan qoʻli kaltalik qilib, mablagʻ topa olmay bebahra qolayotganlaridan hasratlanib, yigʻlab ortlariga qaytganlar. Alloh taolo ularning uzrli ekanliklarini ushbu oyatda bayon qilgan.

Ulamolarimiz mazkur kishilarning ismlarini va kim ekanliklarini aniqlovchi rivoyatlar ham keltirganlar. Shulardan bittasini eslab oʻtamiz.

Al-Avfiy hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga oʻzlari bilan gʻazotga qoʻzgʻalishga amr qildilar. U kishining huzurlariga sahobalardan bir guruhi keldilar. Ularning ichida Abdulloh ibn Maqva al-Mozoniy ham bor edi. Ular:

«Ey, Allohning Rasuli, bizga ulov bering»,–deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohga qasamki, sizlarga mindirgani biror ulov topa olmayman»,–dedilar. Ular yigʻlab qaytib ketdilar. Jihodga bora olmay qolganlari va ulov topa olmaganlari ogʻir botdi. Alloh ularning ragʻbatlarini, oʻziga va Paygʻambariga boʻlgan muhabbatlarini koʻrgandan keyin oʻz kitobida uzrlarini tushirdi».

Musulmonlar ichida mana shu ruhiyat hukm surganda doimo gʻolib boʻlganlar.