۞ إِنَّمَا ٱلسَّبِيلُ عَلَى ٱلَّذِينَ يَسْتَـْٔذِنُونَكَ وَهُمْ أَغْنِيَآءُ ۚ رَضُوا۟ بِأَن يَكُونُوا۟ مَعَ ٱلْخَوَالِفِ وَطَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Boy-badavlat bo`la turib sendan izn so`raydiganlarni ayblashga yo`l bor. Ular xotin-xalajlar bilan birga bo`lishga rozi bo`ldilar. Alloh ularning qalblariga muhr bosdi. Bas, ular bilmaslar.Бой-бадавлат бўла туриб сендан изн сўрайдиганларни айблашга йўл бор. Улар хотин-халажлар билан бирга бўлишга рози бўлдилар. Аллоҳ уларнинг қалбларига муҳр босди. Бас, улар билмаслар.Alauddin Mansour: Faqat oʻzlari boy-badavlat boʻlgan hollarida sizdan izn soʻraydigan kimsalarnigina ayblashga yoʻl bordir. Ular xotin-xalaj bilan qolishga rozi boʻldilar. Alloh ularning dillarini muhrlab qoʻydi. Bas, endi (ular jihodga chiqishda boʻladigan yaxshilikni) bilmaydilar.Фақат ўзлари бой-бадавлат бўлган ҳолларида сиздан изн сўрайдиган кимсаларнигина айблашга йўл бордир. Улар хотин-халаж билан қолишга рози бўлдилар. Аллоҳ уларнинг дилларини муҳрлаб қўйди. Бас, энди (улар жиҳодга чиқишда бўладиган яхшиликни) билмайдилар.
Urushga chiqmay qolganlari uchun aybdor boʻladiganlar, gunohga botadigan va jazoga tortiladiganlar maʼlum. Ular barcha imkoniyatlari boʻlaturib, boy-badavlat boʻlishlariga qaramasdan, xotin-xalajga qoʻshilib, urushga borishdan qochib, izn soʻrab keladiganlardir. Ularda himmat yoʻq, gʻurur yoʻq, oriyat yoʻq, urushga bormaslik uchun xotin-xalajga qoʻshilib olishga ham rozilar. Ushbu ishlari uchun:
«Alloh ularning qalblariga muhr bosdi».
His-tuygʻularini berkitib qoʻydi. Or-nomusni sezmaydigan qilib qoʻydi. Oliy maqomlarga intilmaydigan etib qoʻydi. Endi, bunga oʻxshash narsalarni:
«Bas, ular bilmaslar».
Shuning uchun, turli pastkashliklarni qilaveradilar.