يَعْتَذِرُونَ إِلَيْكُمْ إِذَا رَجَعْتُمْ إِلَيْهِمْ ۚ قُل لَّا تَعْتَذِرُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ لَكُمْ قَدْ نَبَّأَنَا ٱللَّهُ مِنْ أَخْبَارِكُمْ ۚ وَسَيَرَى ٱللَّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُۥ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَىٰ عَـٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Huzurlariga qaytib kelganingizda, sizga uzr aytarlar. Sen: «Uzr aytmanglar, biz sizlarga hech qachon ishonmaymiz. Batahqiq, Alloh bizga sizlarning xabarlaringizni berdi. Albatta, Alloh va Uning Rasuli amalingizni ko`radir, so`ngra, g`aybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar. Bas, U sizga qilib yurgan amalingizning xabarini beradir», – deb ayt.Ҳузурларига қайтиб келганингизда, сизга узр айтарлар. Сен: «Узр айтманглар, биз сизларга ҳеч қачон ишонмаймиз. Батаҳқиқ, Аллоҳ бизга сизларнинг хабарларингизни берди. Албатта, Аллоҳ ва Унинг Расули амалингизни кўрадир, сўнгра, ғайбни ва шаҳодатни билгувчи Зотга қайтариласизлар. Бас, У сизга қилиб юрган амалингизнинг хабарини берадир», – деб айт.Alauddin Mansour: Ularning oldiga qaytgan vaqtingizda (gʻazotga bora olmaganliklari uchun) sizlardan uzr soʻraydilar. Ayting: «Uzr soʻramanglar, sizlarga hargiz ishonmaymiz. Alloh bizni sizlarning holi-xabaringizdan ogoh qildi. Shubhasiz, amallaringizni Alloh va Uning paygʻambari koʻrib turadi. Soʻngra gʻaybu shahodatni (yaʼni, yashirin va oshkor ishlarning hammasini) bilguvchi Zotga qaytarilursizlar. Bas, U sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini berur».Уларнинг олдига қайтган вақтингизда (ғазотга бора олмаганликлари учун) сизлардан узр сўрайдилар. Айтинг: «Узр сўраманглар, сизларга ҳаргиз ишонмаймиз. Аллоҳ бизни сизларнинг ҳоли-хабарингиздан огоҳ қилди. Шубҳасиз, амалларингизни Аллоҳ ва Унинг пайғамбари кўриб туради. Сўнгра ғайбу шаҳодатни (яъни, яширин ва ошкор ишларнинг ҳаммасини) билгувчи Зотга қайтарилурсизлар. Бас, У сизларга қилиб ўтган амалларингизнинг хабарини берур».
Yaʼni, uzrsiz boʻlaturib urushdan qochib, xotin-xalaj bilan qolishga rozi boʻlganlar, siz urushni tugatib:
«Huzurlariga qaytib kelganingizda, sizga uzr aytarlar».
Chunki, u paytda sizning gʻalabangiz maʼlum boʻladi. Ular pallaning ogʻir tomoniga oʻtib, sizga tilyogʻlamalik qilishni boshlaydilar. Urushga bormay qolganlari uchun turli bahona-sabablarni toʻqib, sizga uzr aytishga tushadilar. Ana shu paytda sen, ey Paygʻambar, ularga qarata:
«Uzr aytmanglar, biz sizlarga hech qachon ishonmaymiz».
Yaʼni, avval ishongan boʻlsak ham, endi hech qachon ishonish yoʻq, deb ayt. Chunki:
«Batahqiq, Alloh bizga sizlarning xabarlaringizni berdi».
Sizlarning kim ekanligingiz bizga oydek ravshan boʻldi. Endi, avvalgiga oʻxshab aytgan gaplaringizga ishonaverish yoʻq, deb ayt.
«Albatta, Alloh va Uning Rasuli amalingizni koʻradir».
Agar amallaringizda Islom taʼlimotlariga mos haqiqiy oʻzgarish sodir boʻlsa, amalingiz gapingizga toʻgʻri kelsa, ana shunga qarab sizlarga muomala qilinadi. Ammo, ish bu bilan tugab qolmaydi. Haqiqiy baho beradigan vaqt ham keladi.
«...soʻngra, gʻaybni va shahodatni bilguvchi Zotga qaytarilasizlar».
Yaʼni, oxiratda sir va oshkorni bilguvchi zot Alloh taoloning huzuriga qaytib borasizlar.
«Bas, U sizga qilib yurgan amalingizning xabarini beradir», – deb ayt».