سَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَكُمْ إِذَا ٱنقَلَبْتُمْ إِلَيْهِمْ لِتُعْرِضُوا۟ عَنْهُمْ ۖ فَأَعْرِضُوا۟ عَنْهُمْ ۖ إِنَّهُمْ رِجْسٌ ۖ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning huzurlariga qaytib kelganingizda ularni ayblamasligingiz uchun sizga Allohning nomi ila qasam icharlar. Bas, ulardan yuz o`giringlar! Albatta, ular nopokdirlar. Qilib yurgan kasblari jazosiga joylari jahannamdadir.Уларнинг ҳузурларига қайтиб келганингизда уларни айбламаслигингиз учун сизга Аллоҳнинг номи ила қасам ичарлар. Бас, улардан юз ўгиринглар! Албатта, улар нопокдирлар. Қилиб юрган касблари жазосига жойлари жаҳаннамдадир.Alauddin Mansour: Ularning oldiga qaytib borgan vaqtlaringizda ulardan yuz oʻgirishlaringiz (yaʼni, ayblamasliklaringiz uchun sizlarga ularning rostdan ham uzrli ekanliklariga) Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Bas, ulardan yuz oʻgiringlar! Chunki ular nopokdirlar va qilib oʻtgan narsalarini (yaʼni, munofiqliklari) jazosiga joylari jahannamdir.Уларнинг олдига қайтиб борган вақтларингизда улардан юз ўгиришларингиз (яъни, айбламасликларингиз учун сизларга уларнинг ростдан ҳам узрли эканликларига) Аллоҳ номи билан қасам ичадилар. Бас, улардан юз ўгиринглар! Чунки улар нопокдирлар ва қилиб ўтган нарсаларини (яъни, мунофиқликлари) жазосига жойлари жаҳаннамдир.
Demak, urushdan qochib, safarbarlikdan ortda qolgan oʻshalar faqat oddiy uzr aytish bilan kifoyalanmaydilar, balki uzrlari haqiqiy ekanligiga ishontirish uchun qasam ichadilar. Qasam ichganda Allohning nomini tilga oladilar.
«Ularning huzurlariga qaytib kelganingizda ularni ayblamasligingiz uchun sizga Allohning nomi ila qasam icharlar».
Lekin ularning qasamlariga ham ishonmaslik kerak ekan. Chunki, pastkash munofiqning oʻz manfaati yoʻlida Alloh nomi ila yolgʻon qasam ichishi hech narsa emas.
«Bas, ulardan yuz oʻgiringlar!»
Oʻzlariga ham, qasamlariga ham ishonmanglar. Chunki:
«Albatta, ular nopokdirlar».
Nopoklardan esa, doimo yuz oʻgirish kerak. Sizlarning ular bilan ishingiz boʻlmasin. Alloh Oʻzi bilib muomalasini qiladi.
«Qilib yurgan kasblari jazosiga joylari jahannamdadir».
Chunki, ular doimo yomonlik qilib yuradilar.