يَحْلِفُونَ لَكُمْ لِتَرْضَوْا۟ عَنْهُمْ ۖ فَإِن تَرْضَوْا۟ عَنْهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يَرْضَىٰ عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْفَـٰسِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular sizlar ulardan rozi bo`lishingiz uchun sizga qasam icharlar. Agarchi siz ulardan rozi bo`lsangiz ham, Alloh fosiq qavmlardan rozi bo`lmas.Улар сизлар улардан рози бўлишингиз учун сизга қасам ичарлар. Агарчи сиз улардан рози бўлсангиз ҳам, Аллоҳ фосиқ қавмлардан рози бўлмас.Alauddin Mansour: Ulardan rozi boʻlishlaringiz uchun sizlarga qasam ichadilar. Agar sizlar ulardan rozi boʻlsangizlar ham, Alloh bu itoatsiz qavmdan hech rozi boʻlmaydi.Улардан рози бўлишларингиз учун сизларга қасам ичадилар. Агар сизлар улардан рози бўлсангизлар ҳам, Аллоҳ бу итоатсиз қавмдан ҳеч рози бўлмайди.
Munofiqlarning ishi shunday: ular Allohning roziligini emas, balki bandaning roziligini olishga urinadilar. Munofiqlik shu asosga qurilgan. Dildan moʻmin-musulmon boʻlmasa ham, odamlarga oʻzini moʻmin-musulmon sifatida koʻrsatishga harakat qiladilar. Ushbu uzrsiz holda urushdan bosh tortganlar Allohdan qoʻrqmay, yolgʻon bahona toʻqib urushga bormadilar. Endi esa, Allohga tavba, tazarru qilish oʻrniga, bandalarga uzr aytmoqdalar.
«Ular sizlar ulardan rozi boʻlishingiz uchun sizga qasam icharlar».
Bu bilan ular ulkan haqiqatni unutmoqdalar. Ular uchun bandalarning emas, bandalarning Robbi boʻlmish Alloh taoloning roziligi kerakligini bilmayaptilar. Shuning uchun ham, oyatda:
«Agarchi siz ulardan rozi boʻlsangiz ham, Alloh fosiq qavmlardan rozi boʻlmas», deb uzil-kesil ajrim chiqarilmoqda.
Kelasi oyatlarda Tabuk urushi paytidagi Islom jamiyatida mavjud toifalar haqida gap ketadi. Chunki, bu vaqtga kelib, xususan, Makkai Mukarrama fathidan soʻng turli joylardan turli odamlar Islomga kirganlarini bildirgan edilar.