ٱلْأَعْرَابُ أَشَدُّ كُفْرًا وَنِفَاقًا وَأَجْدَرُ أَلَّا يَعْلَمُوا۟ حُدُودَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: A'robiylar kufr va nifoqda ashaddiyroq va Alloh O`z Payg`ambariga nozil qilgan narsaning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.Аъробийлар куфр ва нифоқда ашаддийроқ ва Аллоҳ Ўз Пайғамбарига нозил қилган нарсанинг чегараларини билмасликка лойиқроқдирлар. Аллоҳ билгувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Aʼrobiylar kufru nifoqda qattiqroq va Alloh Oʻz paygʻambariga nozil qilgan narsalarning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar. Alloh bilim va hikmat Sohibidir.Аъробийлар куфру нифоқда қаттиқроқ ва Аллоҳ Ўз пайғамбарига нозил қилган нарсаларнинг чегараларини билмасликка лойиқроқдирлар. Аллоҳ билим ва ҳикмат Соҳибидир.
«Aʼrobiylar» deyilganda, avval aytib oʻtilganidek, sahroda yashaydigan arablar koʻzda tutiladi. Oʻsha aʼrobiylarning baʼzi qabilalari Madiynai Munavvaraning atrofidagi sahrolarda yashar edilar. Ular Islomga kirmaslaridan oldin kofirlarga qoʻshilib, musulmonlarning markazi boʻlgan Madiynai Munavvaraga qarshi hujumlarda qatnashib turganlar.
Oyatda aʼrobiylarning asl tabiatlari vasf qilinmoqda.
«Aʼrobiylar kufr va nifoqda ashaddiyroq va Alloh Oʻz Paygʻambariga nozil qilgan narsaning chegaralarini bilmaslikka loyiqroqdirlar».
Ular oʻzlari yashab turgan muhitga moslashib qolganlar. Ular kufr va nifoqda ashaddiy boʻladilar. Aʼrobiylar shafqatsiz tabiiy sharoitda uzoq yashaganlari uchun, koʻngli qattiq, qoʻpol tabiatli boʻlib qoladilar. Shu sababli, ulardan birorta ham Paygʻambar chiqmagan. Ehtimol, ular taʼlim-tarbiya ishlari va hisob-kitob amallarini bilmaganlari uchun, Alloh tushirgan oyatlar va ularning maʼnolaridan ham bexabardirlar. Yana bunga oʻxshagan sabablar juda ham koʻp boʻlishi mumkin. Bularning hammasini Allohning Oʻzi biladi. Chunki:
«Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir».