لَآ أُقْسِمُ بِهَـٰذَا ٱلْبَلَدِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mana shu shahar bilan qasam.Мана шу шаҳар билан қасам.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), mana shu shaharga,(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), мана шу шаҳарга,
Ushbu oyatdagi «shahar»dan murod Makkai Mukarrama shahridir. Alloh taolo ul shaharning sharafini oshirish uchun u bilan Oʻz Kitobida qasam ichmoqda. Alloh taolo bu shaharni dunyodagi eng sharafli shahar qilib, unda Oʻz uyi–«Baytulloh»ning qaror topishini iroda qilgan. Alloh taolo bu shaharga musulmonlar qiblasini joylashtirib qoʻygan. Alloh taolo bu shaharni Oʻz vahiysi tushadigan joy qilib tanlab olgan. Alloh taolo bu shaharga barcha moʻmin-musulmonlar muhabbat qiladigan, qalblari u tomon intilib turadigan qilib qoʻygan. Alloh taolo har bir narsaning samari ushbu shaharga yigʻilib keladigan qilib qoʻygan. Alloh taolo bu shaharni omonlik yurti qilib qoʻygan. Alloh taolo bu shaharni Oʻz harami qilib, unda biror kimsaga zarar yetkazishni, hatto ov hayvonlariga, oʻt-oʻlanlari, dov-daraxtlariga ham zarar yetkazishni harom aylab, Oʻz hukmini chiqarib qoʻygan.
Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Albatta, Alloh Makkani osmonlaru yerni yaratgan kunda harom qildi. U to qiyomat soati qoim boʻlguncha haromdir. Mendan oldin hech kimga halol boʻlmagan. Mendan keyin ham hech kimga halol boʻlmaydi. Faqat men uchun nahordan bir soat halol qilingan, xolos», deganlar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam.
Ushbu oyatda Alloh taolo Oʻzi shunchalar sharafli qilib qoʻygan shahar bilan qasam ichib, uning sharafini yana ham koʻtarmoqda. Keyingi keladigan oyat esa, Makkai Mukarramaga yana bir sharaf qoʻshilganining xabarini beradi.