ثُمَّ كَانَ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلصَّبْرِ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلْمَرْحَمَةِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, iymon keltirganlar va bir-birini sabrga, mehr-shafqatga chaqirganlar bo`lsa...Сўнгра, иймон келтирганлар ва бир-бирини сабрга, меҳр-шафқатга чақирганлар бўлса...Alauddin Mansour: Soʻngra u (maqtanchoq kimsa) iymon keltirgan va bir-birlariga (toat-ibodatini ado etishdagi mashaqqatlarga) sabr-qanoat qilishni tavsiya etgan, bir-birlariga (Allohning bandalariga) mehr-muruvvat koʻrgazishni tavsiya etgan zotlardan boʻlmadi!Сўнгра у (мақтанчоқ кимса) иймон келтирган ва бир-бирларига (тоат-ибодатини адо этишдаги машаққатларга) сабр-қаноат қилишни тавсия этган, бир-бирларига (Аллоҳнинг бандаларига) меҳр-мурувват кўргазишни тавсия этган зотлардан бўлмади!
Demak, oʻng tomon egasi boʻlish uchun avval zikr qilingan qiyin ishlarni bajarish bilan birga, eng muhimi, iymonli boʻlish ham kerak ekan. Faqat oʻzi sabr qilib yuravermasdan, oʻzgalarni ham sabrga, rahim-shafqatlilikka, mehribonlikka chaqirmogʻi lozim ekan. Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislarida: «Odamlarga rahim qilmaganga Alloh ham rahim qilmaydi»,–deganlar.