أَيَحْسَبُ أَن لَّمْ يَرَهُۥٓ أَحَدٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U o`zini birov ko`rmadi, deb hisoblaydirmi?У ўзини биров кўрмади, деб ҳисоблайдирми?Alauddin Mansour: U oʻzini (riyokorlik bilan mol-dunyo sovurayotgan paytida) hech kim koʻrmagan, deb oʻylarmi?! (Yoʻq, Alloh taolo har vaqt, har narsani koʻrib-bilib turur!)У ўзини (риёкорлик билан мол-дунё совураётган пайтида) ҳеч ким кўрмаган, деб ўйларми?! (Йўқ, Аллоҳ таоло ҳар вақт, ҳар нарсани кўриб-билиб турур!)
Oʻsha magʻrur boʻlgan inson yaxshi bilib qoʻysinki, uni hech kim koʻrmasa ham, Alloh taolo koʻradi, har bir gap-soʻzi va ishlarini hisob-kitob qilib turadi. Jumladan, kuch-quvvatini va molu dunyosini qayerga sarf qilayotganini ham bilib, hisob-kitob qilib turadi.
Xoh boylik, mol-dunyosi boʻlsin, xoh sogʻlik, turli aʼzolari boʻlsin, inson Alloh taoloning bergan barcha neʼmatlarini hech esdan chiqarmasin. Alloh taolo shu narsalarni quyidagi oyatda eslatadi.