وَٱلسَّمَآءِ وَمَا بَنَىٰهَا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va osmon bilan va uning bino qilinishi bilan qasam.Ва осмон билан ва унинг бино қилиниши билан қасам.Alauddin Mansour: Osmonga va uni bino qilgan Zotga qasam.Осмонга ва уни бино қилган Зотга қасам.
Ushbu va keyingi oyatning arab tilidagi soʻz tuzilishi ikki xil maʼnoni koʻtaradi. Birinchisi, xuddi biz oyatning maʼnosini tarjima qilganimizdek, osmon va uning bino qilinishi bilan qasam, maʼnosi. Ikkinchisi esa, osmon va uni bino qiluvchi Zot bilan, yaʼni, Alloh taolo bilan qasam maʼnosidir. Tafsirchilarimiz ikki maʼnoni ham bayon qilganlar. Umumlashtirib olganimizda, ikki maʼno bir-birini toʻldirib, maʼnoni yana ham kuchaytirib keladi.
Osmon qanchalik ulugʻ, mustahkam, ajoyibotlarga toʻla narsa ekanligi haqida avvalgi suralar tafsirida koʻp gapirildi. Ana shundoq ulkan, mustahkam narsaning bino qilinishiga eʼtiborni tortish esa, ushbu oyat keltirgan yangi maʼnodir. Bunchalik narsani bino qilish oson ish emas, u faqatgina Alloh taolo tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ha, milliardlab yulduz va sayyoralarni oʻz ichiga olgan ushbu osmonning boniysi(bino qiluvchisi) faqat Alloh taolo boʻlishi mumkin, xolos. Bu esa, oʻz navbatida, har bir insonni oʻsha buyuk Zot–Alloh taologa iymon keltirib, Unga itoat va ibodat qilishga chorlashi lozim.