QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shams surasi · Oyatсураси · Оят4

وَٱلَّيْلِ إِذَا يَغْشَىٰهَا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u(quyosh)ni qoplagan tun bilan qasam.Ва у(қуёш)ни қоплаган тун билан қасам.Alauddin Mansour: U (quyoshni oʻz zulmati bilan) oʻrab-yashirgan kechaga qasam.У (қуёшни ўз зулмати билан) ўраб-яширган кечага қасам.

595-sahifa · 30-juz · 60-hizb595-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّيْلِva tun bilan qasamва тун билан қасамإِذَاqachonkiқачонкиيَغْشَىٰهَاu(quyosh)ni qoplasaу(қуёш)ни қопласа
TafsirТафсир

Bu qasam ham xuddi avvalgi ikki qasamga oʻxshaydi. Bunda Alloh taolo quyoshni qoplab olgan tun bilan qasam ichmoqda. Albatta, bu oddiy inson tasavvuriga moslab ishlatilgan taʼbir. Aslida, yer aylanishi tufayli uning quyoshga qarama-qarshi boʻlib qolgan qismida tun boʻladi.

Lekin oddiy tasavvurda xuddi tun quyoshni qoplab kirib kelganga oʻxshaydi. Xuddi ana shu, quyoshli nahordan soʻng quyoshni qoplab kelgan tun toʻla maʼnodagi tun boʻlishi eʼtiborga sazovordir. Ana oʻsha tunda kuni bilan charchagan, horigan mavjudot orom topadi, oʻziga kerakli foydalar oladi. Agar olamda doimo kun boʻlib, tun kirmaganida, yashash mumkin boʻlmay qolar edi. Quyoshni qoplab keladigan tunni xalq qilib qoʻygan kim? Albatta, qudrati cheksiz Alloh taolo.

Demak, har bir aqlli inson Alloh taologa iymon keltirib, Unga itoat va ibodat qilmogʻi lozim.