وَٱلنَّهَارِ إِذَا جَلَّىٰهَا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u(quyosh)ni ravshan ko`rsatgan nahor bilan qasam.Ва у(қуёш)ни равшан кўрсатган наҳор билан қасам.Alauddin Mansour: U (quyoshni olamga) oshkor qilgan kunduzga qasam.У (қуёшни оламга) ошкор қилган кундузга қасам.
Bu oyati karimadagi qasam haqida ham xuddi avvalgi oyat tafsirida aytilgan gaplarning aynan oʻzini takrorlashimiz mumkin. Alloh taolo nahorning quyoshni ravshan qilib koʻrsatish payti ila qasam ichmoqda. Demak, quyosh koʻrinib turgan nahorda gap bor. Ana oʻshanda alohida foyda bor. Zotan, quyosh chiqmagan nahor boʻlishi mumkin ham emas. Mabodo boʻlsa, deb faraz qilinganda ham foydasiz boʻlar edi. Alloh taolo quyoshli nahorni inson hayoti uchun zarur omillardan biri qilib qoʻygandir. Agar ushbu nahor boʻlmasa, inson hayotini umuman tasavvur ham qilib boʻlmaydi. Har bir inson ushbu haqiqatni tushunib yetmogʻi va oʻsha nahorni yaratgan Zotga iymon keltirib itoat va ibodat qilmogʻi zarur.