وَٱلْقَمَرِ إِذَا تَلَىٰهَا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning ortidan kelgan oy bilan qasam.Унинг ортидан келган ой билан қасам.Alauddin Mansour: U (quyosh)ning ortidan kelgan oyga qasam.У (қуёш)нинг ортидан келган ойга қасам.
Agar eʼtibor beradigan boʻlsak, ushbu oyatda Alloh taolo nafaqat oy bilan, balki, uning quyosh ortidan kelishi bilan ham qasam ichmoqda. Xuddi ana shu omil juda muhimdir, ushbu oyatdagi oy bilan qasam ichishni boshqa oyatlardagi oy bilan qasam ichishdan ajratib turuvchi omildir.
Oyning quyosh ortidan kelishi oy quyoshga tobe ekanligini bildiradi, bu esa, oy oʻz nurini quyoshdan olishiga ishoradir. Oy ham, quyosh kabi, Alloh taoloning qudrati cheksiz ekanligiga dalil boʻluvchi maxluqotlardan biridir. Agar oy boʻlmasa va u oʻz nurini quyoshdan olib yerga taratmasa, inson yashab turgan muhitda koʻpgina qiyinchiliklar yuzaga kelar, balki yashab boʻlmaydigan holga kelar edi. Oyning nuri faqat kechani yoritibgina qolmaydi, balki butun mavjudotga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Mana shu narsalar bu dunyo oʻzicha paydo boʻlib, yashab turmaganiga, balki, uning Xoliqi va Mudabbiri borligiga yorqin dalildir.