وَنَفْسٍ وَمَا سَوَّىٰهَا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va nafs bilan va uning mukammal qilinishi bilan qasam.Ва нафс билан ва унинг мукаммал қилиниши билан қасам.Alauddin Mansour: Jonga va uni raso qilib-yaratgan,Жонга ва уни расо қилиб-яратган,
Alloh taolo inson nafsini yaratgan. Yaratganda ham ajoyib qilib, kamolga erishish isteʼdodiga ega qilib, hamma narsasini moʻʼtadil qilib, turli quvvat va qobiliyatlarga ega qilib, aqlli qilib yaratgan. Inson oʻzini bekami-koʻst qilib yaratgan Alloh taologa iymon keltirishi va Unga itoatu ibodat qilishi lozim va lobuddir.
Alloh taoloning shuncha narsalar bilan qasam ichishidan maqsad–ulardan keyin keladigan masala, yaʼni, inson nafsining pok boʻlishiga eʼtiborni tortish, uning ahamiyatini orttirishdir.