Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
وَٱلَّيْلِ إِذَا يَغْشَىٰ ﴿١﴾
Tunning qoplab kelayotgan payti bilan qasam.
وَٱلنَّهَارِ إِذَا تَجَلَّىٰ ﴿٢﴾
Nahorning tajalli payti bilan qasam.
وَمَا خَلَقَ ٱلذَّكَرَ وَٱلْأُنثَىٰٓ ﴿٣﴾
Erkak va urg'ochining yaratilishi bilan qasam.
إِنَّ سَعْيَكُمْ لَشَتَّىٰ ﴿٤﴾
Albatta, sizlarning ishlaringiz turlichadur.
فَأَمَّا مَنْ أَعْطَىٰ وَٱتَّقَىٰ ﴿٥﴾
Ammo kimki (ato) bersa va taqvo qilsa...
وَصَدَّقَ بِٱلْحُسْنَىٰ ﴿٦﴾
Va go'zalni tasdiq qilsa...
فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلْيُسْرَىٰ ﴿٧﴾
Bas, Biz uni osonga muyassar qilamiz.
وَأَمَّا مَنۢ بَخِلَ وَٱسْتَغْنَىٰ ﴿٨﴾
Va ammo, kimki baxillik va istig'no qilsa...
وَكَذَّبَ بِٱلْحُسْنَىٰ ﴿٩﴾
Va go'zalni yolg'onga chiqarsa...
فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلْعُسْرَىٰ ﴿١٠﴾
Bas, Biz uni qiyinga muyassar qilamiz.
وَمَا يُغْنِى عَنْهُ مَالُهُۥٓ إِذَا تَرَدَّىٰٓ ﴿١١﴾
U qulagan vaqtda unga mol-mulki foyda bermas.
إِنَّ عَلَيْنَا لَلْهُدَىٰ ﴿١٢﴾
Albatta, hidoyatga boshlash Bizning zimmamizdadir.
وَإِنَّ لَنَا لَلْـَٔاخِرَةَ وَٱلْأُولَىٰ ﴿١٣﴾
Albatta, ham oxirat va ham bu dunyo Biznikidir.
فَأَنذَرْتُكُمْ نَارًا تَلَظَّىٰ ﴿١٤﴾
Bas, Men sizlarni lovullagan o'tdan ogohlantirdim.
لَا يَصْلَىٰهَآ إِلَّا ٱلْأَشْقَى ﴿١٥﴾
Unga badbaxtdan boshqa kirmas.
ٱلَّذِى كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ ﴿١٦﴾
O'sha yolg'onga chiqargan va yuz o'girgan edi.
وَسَيُجَنَّبُهَا ٱلْأَتْقَى ﴿١٧﴾
Va albatta, undan taqvodor banda chetda qoladir.
ٱلَّذِى يُؤْتِى مَالَهُۥ يَتَزَكَّىٰ ﴿١٨﴾
U, boyligini sarflaydir va o'zini poklaydir.
وَمَا لِأَحَدٍ عِندَهُۥ مِن نِّعْمَةٍ تُجْزَىٰٓ ﴿١٩﴾
Biror kishining unda qaytarilishi lozim yaxshiligi yo'q edi.
إِلَّا ٱبْتِغَآءَ وَجْهِ رَبِّهِ ٱلْأَعْلَىٰ ﴿٢٠﴾
Faqat, o'zining oliy maqom Robbining roziligini so'rab qiladir.
وَلَسَوْفَ يَرْضَىٰ ﴿٢١﴾
Va albatta, tezda rozi bo'ladir.