QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Layl surasi · Oyatсураси · Оят1

وَٱلَّيْلِ إِذَا يَغْشَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tunning qoplab kelayotgan payti bilan qasam.Туннинг қоплаб келаётган пайти билан қасам.Alauddin Mansour: (Borliqni oʻz zulmati bilan) oʻrab kelayotgan kechaga qasam;(Борлиқни ўз зулмати билан) ўраб келаётган кечага қасам;

595-sahifa · 30-juz · 60-hizb595-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّيْلِtun bilan qasamтун билан қасамإِذَاqachonkiқачонкиيَغْشَىٰqoplab keladiқоплаб келади
TafsirТафсир

Ushbu uch oyati karimada Alloh taolo oʻzining uchta ulugʻ neʼmatlari bilan qasam ichmoqda.

Kechasi ulugʻ neʼmat, agar u boʻlmasa, inson uchun yer yuzida yashash imkoni boʻlmas edi.

Shuningdek, kunduzi ham ulugʻ neʼmat, agar vaqt hammasi tundan iborat boʻlib, nahor boʻlmasa, borliqda hayot boʻlishi mahol edi.

Alloh taolo jonzotlarni erkak va urgʻochi qilib yaratishi ham ulkan neʼmat. Oʻylab koʻring, erkak boʻlsa-yu, urgʻochi boʻlmasa yoki aksincha, urgʻochi boʻlsa-yu, erkak boʻlmasa, hayotning davom etish imkoni boʻlarmidi?

Alloh taolo bir-biriga muxolif, qarama-qarshi narsalar bilan qasam ichgani uchun, qasam javobi ham, yaʼni kelasi oyatlar muxolif narsalarda kelyapti.