QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Sharh surasi · Oyatсураси · Оят5

فَإِنَّ مَعَ ٱلْعُسْرِ يُسْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.Бас, албатта, қийинчилик билан осончилик бордир.Alauddin Mansour: Bas, albatta har bir ogʻirlik-mashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir.Бас, албатта ҳар бир оғирлик-машаққат билан бирга бир енгиллик ҳам бордир.

597-sahifa · 30-juz · 60-hizb597-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنَّbas, albattaбас, албаттаمَعَbilanбиланٱلْعُسْرِqiyinchilikқийинчиликيُسْرًاosonchilik (bordir)осончилик (бордир)
TafsirТафсир

Arab tili qoidasiga binoan bir «aliflom»i bor soʻz (al-usru) ikki marta takrorlansa, bir narsani ifoda etar ekan. Ammo «aliflom»i yoʻq soʻz (yusron) ikki marta takror boʻlsa, alohida ikki narsani ifoda etar ekan.

Shu qoidadan kelib chiqib, yuqoridagi ikki oyatning umumiy maʼnosi: «Bir qiyinchilikdan soʻng ikki osonchilik bor»,–degani boʻladi. Bu maʼnoda koʻpgina hadisi shariflar ham bor. Bularning hammasi moʻmin kishini sabrli, qanoatli boʻlishga chaqiradi. Qiyinchilik paytida oʻzini yoʻqotib qoʻymaslikka, balki sabr bilan harakat qilishga va Alloh taolodan yengillik kutishga undaydi.

Alloh taolo yuqoridagi oyatlarda Oʻz Paygʻambariga bergan neʼmatlarini eslatib boʻlib, endi shukr etishga, ibodat uchun harakat qilishga va faqat Alloh taoloning Oʻziga ragʻbat qilishga undaydi.