Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
ٱقْرَأْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلَّذِى خَلَقَ ﴿١﴾
Yaratgan Robbing nomi bilan o'qi.
خَلَقَ ٱلْإِنسَـٰنَ مِنْ عَلَقٍ ﴿٢﴾
U insonni alaqdan yaratdi.
ٱقْرَأْ وَرَبُّكَ ٱلْأَكْرَمُ ﴿٣﴾
O'qi! Robbing Karamlilarning karamlisidir.
ٱلَّذِى عَلَّمَ بِٱلْقَلَمِ ﴿٤﴾
U, qalam bilan ilm o'rgatgandir.
عَلَّمَ ٱلْإِنسَـٰنَ مَا لَمْ يَعْلَمْ ﴿٥﴾
U, insonga bilmagan narsasini o'rgatdi.
كَلَّآ إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَيَطْغَىٰٓ ﴿٦﴾
Yo'q! Inson, albatta, tug'yonga ketur.
أَن رَّءَاهُ ٱسْتَغْنَىٰٓ ﴿٧﴾
Gar o'zini boy ko'rsa.
إِنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلرُّجْعَىٰٓ ﴿٨﴾
Albatta, qaytib borish Robbinggadir.
أَرَءَيْتَ ٱلَّذِى يَنْهَىٰ ﴿٩﴾
Qaytarganni ko'rdingmi?!
عَبْدًا إِذَا صَلَّىٰٓ ﴿١٠﴾
Bandani namoz o'qiyotganida?!
أَرَءَيْتَ إِن كَانَ عَلَى ٱلْهُدَىٰٓ ﴿١١﴾
Ayting-chi, agar o'sha hidoyatda bo'lsa.
أَوْ أَمَرَ بِٱلتَّقْوَىٰٓ ﴿١٢﴾
Yoki taqvoga chaqirsa.
أَرَءَيْتَ إِن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰٓ ﴿١٣﴾
Ayting-chi, agar u yolg'onga chiqarsa va yuz o'girsa.
أَلَمْ يَعْلَم بِأَنَّ ٱللَّهَ يَرَىٰ ﴿١٤﴾
Alloh uni ko'rib turishini bilmasmi?
كَلَّا لَئِن لَّمْ يَنتَهِ لَنَسْفَعًۢا بِٱلنَّاصِيَةِ ﴿١٥﴾
Yo'q! Agar qaytmasa, peshonasidan shiddat-la tutamiz!
نَاصِيَةٍ كَـٰذِبَةٍ خَاطِئَةٍ ﴿١٦﴾
Yolg'onchi, xatokor peshonasidan!
فَلْيَدْعُ نَادِيَهُۥ ﴿١٧﴾
Bas, u o'z to'pini chaqirsin.
سَنَدْعُ ٱلزَّبَانِيَةَ ﴿١٨﴾
Biz ham zaboniyalarni chaqirurmiz.
كَلَّا لَا تُطِعْهُ وَٱسْجُدْ وَٱقْتَرِب ۩ ﴿١٩﴾
Yo'q! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil.