QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qadr surasi · Oyatсураси · Оят1

إِنَّآ أَنزَلْنَـٰهُ فِى لَيْلَةِ ٱلْقَدْرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz U(Qur'on)ni Qadr kechasida tushirdik.Албатта, Биз У(Қуръон)ни Қадр кечасида туширдик.Alauddin Mansour: Albatta Biz u (Qurʼon)ni Qadr kechasida nozil qildik.Албатта Биз у (Қуръон)ни Қадр кечасида нозил қилдик.

598-sahifa · 30-juz · 60-hizb598-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّآalbatta, Bizалбатта, Бизأَنزَلْنَـٰهُu(Qurʼon)ni tushirdikу(Қуръон)ни туширдикفِى-da-даلَيْلَةِkechasiкечасиٱلْقَدْرِQadr (Laylatul Qadr)Қадр (Лайлатул Қадр)
TafsirТафсир

Laylatul Qadrning shu nom bilan atalishining sababi–bu kechaning qadri ulugʻligidan, shu kechada bandalarning bir yillik taqdirlari oʻlchanadigan, hal qilinadigan boʻlganligidan ekanini avval ham aytib oʻtdik.

Ushbu oyatda zikr qilinayotgan hodisa, yaʼni Qurʼonning tushirilishi uning Lavhul Mahfuzdan bu dunyo osmoniga tushirilishidir. Bu maʼno Ibn Abbosdan rivoyat qilingan. Ana oʻsha hodisa Laylatul Qadr kechasida boʻlganini ushbu oyat ochiq-oydin aytib turibdi. Qurʼoni Karim bu dunyo osmonidan Paygʻambarimizga boʻlib-boʻlib yigirma uch yil davomida tushirilgan.

Demak, ushbu oyati karimaning maʼnosi shuki, Biz Qurʼonni Lavhul Mahfuzdan bu dunyo osmoniga Laylatul Qadr kechasida tushirdik, deb Alloh taoloning Oʻzi taʼkidlab aytmoqda.