QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qadr surasi · Oyatсураси · Оят5

سَلَـٰمٌ هِىَ حَتَّىٰ مَطْلَعِ ٱلْفَجْرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U to tong otguncha salom bo`lib turadir.У то тонг отгунча салом бўлиб турадир.Alauddin Mansour: U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir.У (кеча) то тонг отгунича тинчлик-омонликдир.

598-sahifa · 30-juz · 60-hizb598-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَلَـٰمٌsalom (boʻlib turadir)салом (бўлиб турадир)هِىَuуحَتَّىٰtoтоمَطْلَعِotgunchaотгунчаٱلْفَجْرِtongтонг
TafsirТафсир

Yaʼni, Laylatul Qadr kechasi tong otguncha salom–tinchlik-omonlik kechasidir. Unda farishtalar moʻminlarga salom beradilar. Unda Alloh taolo insonlarga faqat tinchlik-omonlikni taqdir qiladi.

Ulamolarimiz qadr kechasining qaysi kecha ekanligini tayin qilishda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Laylatul Qadr Ramazonning yigirma yettinchi kechasida», degan rivoyatini ixtiyor qilganlar.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Laylatul Qadr kechasini iymon bilan va savob umidida bedor oʻtkazsa, uning barcha gunohlari kechiriladi»,–deganlar. Bu kechani bedor oʻtkazish ibodat bilan, yaʼni namoz oʻqish, duo qilish, istigʻfor aytish va Qurʼon qiroati bilan boʻladi.