QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Bayyinah surasi · Oyatсураси · Оят1

لَمْ يَكُنِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ وَٱلْمُشْرِكِينَ مُنفَكِّينَ حَتَّىٰ تَأْتِيَهُمُ ٱلْبَيِّنَةُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kufr keltirganlar «bayyina» kelmaguncha ajralmasdilar.Аҳли китоб ва мушриклардан бўлган куфр келтирганлар «баййина» келмагунча ажралмасдилар.Alauddin Mansour: Ahli kitobdan va mushriklardan boʻlgan kofir kimsalar to ularga ochiq hujjat kelgunicha (kufrdan) ajraguvchi boʻlmadilar.Аҳли китобдан ва мушриклардан бўлган кофир кимсалар то уларга очиқ ҳужжат келгунича (куфрдан) ажрагувчи бўлмадилар.

598-sahifa · 30-juz · 60-hizb598-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَمْemasэмасيَكُنِboʻldilarбўлдиларٱلَّذِينَkimsalarкимсаларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганمِنْ-dan-данأَهْلِahliаҳлиٱلْكِتَـٰبِkitobкитобوَٱلْمُشْرِكِينَva mushriklarва мушрикларمُنفَكِّينَajraluvchilarажралувчиларحَتَّىٰ-guncha-гунчаتَأْتِيَهُمُularga kelurуларга келурٱلْبَيِّنَةُbayyina (ochiq hujjat)баййина (очиқ ҳужжат)
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimadagi «Ahli kitob»dan murod yahudiy va nasorolardir. Buzilgan boʻlsa ham, samoviy kitobi bor qavmga «ahli kitob» deyiladi. Ushbu oyati karima nozil boʻlgan paytda ham, hozir ham yahudiy va nasoro(xristian)lardan boshqa ahli kitob yoʻq. Yahudiylar Tavrot ahli, nasorolar Injil ahlidirlar.

Shuningdek, oyatdagi «mushriklar»dan murod butparastlardir. Baʼzi kishilar yahudiylar va nasorolar ham mushrik-ku, yahudiylar Uzayr– Allohning oʻgʻli, nasorolar Iyso–Allohning oʻgʻli, deyishadi-ku, degan mulohaza bilan ushbu oyati karima maʼnosi haqida oʻylab ham qolishadi. Toʻgʻri, ularda ham mushriklik alomati bor, lekin ahli kitoblik vasfi ustun. Shuning uchun, ularni ahli kitob, deyilaveradi.

Oyati karimada «ahli kitob va mushriklardan boʻlgan kufr keltirganlar», deyilishi bu ikki toifa ham kofir ekanligini bildiradi. «Ahli kitob»lar ham Allohga, Paygʻambarga, ilohiy kitobga, oxiratga iymon keltiradi-ku, ular moʻmin boʻlishmaydimi?» degan savol nooʻrin. Chunki, ular Alloh aytganidek iymon keltirishmagan, Allohning amrini va kitobini oʻzlaricha buzishgan, bu esa, kufrning kattasidir.

Avval ham aytib oʻtilganidek, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Qurʼonni qabul qilib olib, Islomga chaqirishlari ochiq-oydin hujjat boʻlgan. Jumladan, ahli kitob va mushriklarning kufr va zalolatda ekanliklarini ham bayon qiluvchi ochiq- oydin hujjat boʻlgan.

Oyati karimada ahli kitob va mushriklar ana oʻsha «bayyina» kelguncha ajralmasdilar, deyilmoqda. Nimadan ajralmasdilar? Oʻzlari lozim tutgan kufr va zalolatdan. Ularning hammalari ota-bobolaridan ularga meros boʻlib qolgan kufrlari va zalolatlaridan ajralmasdan avval qandoq boʻlsalar, shundoq boʻlib yuraverar edilar.

Lekin Alloh taolo tomonidan hidoyat va haqiqatning «bayyina»si–ochiq-oydin hujjati boʻlib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarliklari kelgandan soʻng, ularning baʼzilari kufr va zalolatdan ajrab, iymon va hidoyatga kira boshladilar. Zotan, dastlab musulmon boʻlganlarning asli ahli kitob yoki mushrik boʻlgandir.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, ushbu oyati karimaning maʼnosi quyidagicha boʻladi.

Ahli kitob boʻlmish yahudiy va nasorolar hamda mushriklardan iborat boʻlgan kufr keltirganlarga oʻtgan ilohiy kitoblarda zikri kelgan «bayyina»–hujjat–Muhammad alayhissalom Paygʻambar boʻlib kelmagunlaricha ular oʻz kufrlari va zalolatlaridan ajralmasdilar.

«Bayyina»–«haqni bayon qiluvchi hujjat» nimaligini kelasi oyat tushuntiradi.