وَمَا تَفَرَّقَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ إِلَّا مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَةُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kitob berilganlar ularga «bayyina» kelganidan so`nggina bo`linib ketishdi.Китоб берилганлар уларга «баййина» келганидан сўнггина бўлиниб кетишди.Alauddin Mansour: Kitob ato etilgan kimsalar faqat ularga ochiq hujjat — paygʻambar kelganidan keyingina boʻlinib ketdilar (yaʼni, ayrimlari oʻsha oʻzlari kutgan paygʻambarga iymon keltirdilar, ayrimlari esa unga kofir boʻldilar)!Китоб ато этилган кимсалар фақат уларга очиқ ҳужжат — пайғамбар келганидан кейингина бўлиниб кетдилар (яъни, айримлари ўша ўзлари кутган пайғамбарга иймон келтирдилар, айримлари эса унга кофир бўлдилар)!
Avval kitob berilganlarning hammalari bir ovozdan, ittifoq boʻlib, yaqinda yangi Paygʻambar chiqadi, uning sifatlari bizning muqaddas kitoblarimizda bundoq-bundoq, deb aytishardi. Alloh taolo xuddi oʻsha sifatlarga ega boʻlgan zotni, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Paygʻambar qilib yuborgandan soʻng esa, ular tafriqaga tushib boʻlindilar, baʼzilari iymon keltirib, musulmon boʻldi, baʼzilari hasad qilib, inkor qildi, uchinchilari esa, biz aytgan Paygʻambar boshqa edi, deyishdi va hokazo.