Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
إِذَا زُلْزِلَتِ ٱلْأَرْضُ زِلْزَالَهَا ﴿١﴾
Vaqtiki, yer o'ziga xos zilzilaga tushsa...
وَأَخْرَجَتِ ٱلْأَرْضُ أَثْقَالَهَا ﴿٢﴾
Va yer o'z yuklarini otib chiqarsa...
وَقَالَ ٱلْإِنسَـٰنُ مَا لَهَا ﴿٣﴾
Va inson: «Unga nima bo'ldi?!» – desa...
يَوْمَئِذٍ تُحَدِّثُ أَخْبَارَهَا ﴿٤﴾
O'sha kunda u (er) o'z xabarini aytadir.
بِأَنَّ رَبَّكَ أَوْحَىٰ لَهَا ﴿٥﴾
Sening Robbing unga vahiy yuborgani uchundir.
يَوْمَئِذٍ يَصْدُرُ ٱلنَّاسُ أَشْتَاتًا لِّيُرَوْا۟ أَعْمَـٰلَهُمْ ﴿٦﴾
O'sha kunda odamlar amallarini ko'rish uchun joylaridan guruh-guruh bo'lib qo'zg'alurlar.
فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُۥ ﴿٧﴾
Bas, kim zarra og'irligida yaxshilik qilsa ham ko'radir.
وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُۥ ﴿٨﴾
Va kim zarra og'irligida yomonlik qilsa ham ko'radir.