Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Internet tarmoqlaridagi aloqa vositalari (Facebook, Telegram, WhatsApp, Instagram)dan foydalanadigan, har xil guruhlar ochib xabarlar tarqatadigan va shularni o‘qib yuradiganlarga (barchamizga) juda zarur eslatma: Alloh taolo aytdi: “Albatta, quloq, ko‘z va qalb — bularning barchasi mas’uldir.” Qaysi jamoatga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, shaxsiyatini yoki jamoatini himoya qilaman deb internetda talashib, odamlarni zikr va ibodatdan chalg‘itib, vaqtini va himmatini o‘g‘irlayotganlar — Allohdan qo‘rqinglar! Alloh taolo aytdi: “Ey iymon keltirganlar, sizlarning mol-dunyolaringiz va bola-chaqalaringiz Allohning zikridan chalg‘itib qo‘ymasin.” Endi na dunyoga, na oxiratga foydasi bo‘lmagan narsalar bilan odamlarni chalg‘itib yurish ham batariqu a’lo — shu oyat ostiga kiradi! Alloh taolo yana aytdi: “Odamlarning narsalarini urib qolmanglar.” (Shuaro 183) Odamlardagi eng qimmatli narsa bu — vaqt. Behuda gaplar yozib, tarqatib, odamlarning vaqtini urib qolmang! Rasululloh ﷺ aytdilar: “Odamlarga yaxshilik qila olmasangiz, hech bo‘lmasa, yomonligingizni tiyib turing. Bu ham sadaqadir.” Bugun sizning yoki domlangizning obro‘sidan-da muhimroq ishlar bor! Yoshlarning vaqti va himmatini bunday narsalarga suiste’mol qilmanglar!