Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Inson qanchalik johiliyat tuzumi ostida yashasa, shunchalik fitratdan uzoqlashadi va o‘z-o‘zidan haqni qabul qilishi unga qiyinlashadi! Shu bois Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrida deyarli chollar iymon keltirmadi. Aksariyat iymon keltirganlar — johiliyat hayoti bilan fitratlari buzilmagan yosh yigitlar edi. Alloh taolo Muso alayhissalom haqida aytadi: «Musoga qavmidan faqat zurriyotlargina iymon keltirdi, ular ham Fir‘avn va uning guruhi fitnasi (azobidan) qo‘rqib turgan holatda edilar!» (Yunus: 83). Islom tarqalishida yoshlarning ahamiyatini yahudlar yaxshi bilishardi. Shuning uchun ular musulmonlarning g‘ayratini pasaytirishga urinardi. Bu haqida Imom Buxoriyda rivoyat keltiriladi: “Abdulloh ibn Zubayr raziyallohu anhumo Madinada tavallud topgach, butun musulmonlar bundan qattiq xursand bo‘lishdi! Chunki u kishi Madinaga hijratdan so‘ng tug‘ilgan birinchi chaqaloq, xijratning ilk mevasi edilar.” O‘sha davrda odamlar orasida gap yurar edi: «Yahudlar musulmonlarni sehrlab bepusht qilib qo‘yishdi. Ular yaqinda birin-ketin o‘lib, bu yo‘l butunlay yo‘qoladi» — deyishardi. Ammo bu gaplar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Bundan olinadigan ibrat shuki: Dushman qarilardan qo‘rqmaydi, ularni oson eplaydi! Dushmanning haqiqiy g‘ami yoshlarda! Shu bois bugungi yoshlarning holi og‘ir: uyat va sharmandalik shundaki, 20–30 yoshga kirib ham “din g‘amida nima qilsak ekan?” deb o‘ylash o‘rniga, telefon o‘ynab, bekorchi kino ko‘rib vaqtni zoye qilmoqda!