حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا عَبِيدَةُ بْنُ حُمَيْدٍ الْحَذَّاءُ، عَنِ الرُّكَيْنِ بْنِ الرَّبِيعِ، عَنْ حُصَيْنِ بْنِ قَبِيصَةَ، عَنْ عَلِيٍّ، - رضى الله عنه - قَالَ كُنْتُ رَجُلاً مَذَّاءً فَجَعَلْتُ أَغْتَسِلُ حَتَّى تَشَقَّقَ ظَهْرِي فَذَكَرْتُ ذَلِكَ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم - أَوْ ذُكِرَ لَهُ - فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لاَ تَفْعَلْ إِذَا رَأَيْتَ الْمَذْىَ فَاغْسِلْ ذَكَرَكَ وَتَوَضَّأْ وُضُوءَكَ لِلصَّلاَةِ فَإِذَا فَضَخْتَ الْمَاءَ فَاغْتَسِلْ " .
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men maziy koʻp (chiqadigan) kishi edim; (shu sababli) orqam (terisi) yorilib ketguncha gʻusl qilaverardim. Men buni Paygʻambar ﷺ ga aytdim — yoki u zotga (boshqa birov tomonidan) aytildi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Bunday qilma! Maziyni koʻrganingda, zakaringni yuv va namozga (oladigan) tahorating(dek) tahorat ol; (maniy) suvi otilib chiqsa, gʻusl qil», — dedilar.