حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي النَّضْرِ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ، عَنِ الْمِقْدَادِ بْنِ الأَسْوَدِ، أَنَّ عَلِيَّ بْنَ أَبِي طَالِبٍ، - رضى الله عنه - أَمَرَهُ أَنْ يَسْأَلَ لَهُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنِ الرَّجُلِ إِذَا دَنَا مِنْ أَهْلِهِ فَخَرَجَ مِنْهُ الْمَذْىُ مَاذَا عَلَيْهِ فَإِنَّ عِنْدِي ابْنَتَهُ وَأَنَا أَسْتَحْيِي أَنْ أَسْأَلَهُ . قَالَ الْمِقْدَادُ فَسَأَلْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ ذَلِكَ فَقَالَ " إِذَا وَجَدَ أَحَدُكُمْ ذَلِكَ فَلْيَنْضَحْ فَرْجَهُ وَلْيَتَوَضَّأْ وُضُوءَهُ لِلصَّلاَةِ " .
Miqdod ibn al-Asvad (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) unga — kishi ahliga (xotiniga) yaqinlashganida maziy chiqsa, unga nima (lozim) boʻlishi haqida — Rasululloh ﷺ dan soʻrashni buyurdi va: «Uning (Paygʻambar ﷺ ning) qizi mening yonimda (xotinim) boʻlgani uchun, men u zotdan (bevosita) soʻrashga uyalaman», — dedi. Miqdod aytadi: Men buni Rasululloh ﷺ dan soʻradim. U zot: «Biringiz buni topsa (koʻrsa), avratiga (suv) sepsin va namozga (oladigan) tahorati(dek) tahorat olsin», — dedilar.