حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا أَبُو عَاصِمٍ، عَنْ حَنْظَلَةَ، عَنِ الْقَاسِمِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا اغْتَسَلَ مِنَ الْجَنَابَةِ دَعَا بِشَىْءٍ نَحْوِ الْحِلاَبِ فَأَخَذَ بِكَفِّهِ فَبَدَأَ بِشِقِّ رَأْسِهِ الأَيْمَنِ ثُمَّ الأَيْسَرِ ثُمَّ أَخَذَ بِكَفَّيْهِ فَقَالَ بِهِمَا عَلَى رَأْسِهِ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ janobatdan gʻusl qilganlarida, hilob (sut sogʻiladigan idish)ga oʻxshash bir narsa soʻrar, soʻng kaflari bilan (suv) olib, boshlarining oʻng tomonidan boshlar, soʻng chap (tomoni)dan (quyar), keyin ikkala kaflari bilan (suv) olib, uni boshlariga quyar edilar.