حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنِ الشَّيْبَانِيِّ، عَنْ زِيَادِ بْنِ عِلاَقَةَ، عَنْ أُسَامَةَ بْنِ شَرِيكٍ، قَالَ خَرَجْتُ مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم حَاجًّا فَكَانَ النَّاسُ يَأْتُونَهُ فَمَنْ قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ سَعَيْتُ قَبْلَ أَنْ أَطُوفَ أَوْ قَدَّمْتُ شَيْئًا أَوْ أَخَّرْتُ شَيْئًا . فَكَانَ يَقُولُ " لاَ حَرَجَ لاَ حَرَجَ إِلاَّ عَلَى رَجُلٍ اقْتَرَضَ عِرْضَ رَجُلٍ مُسْلِمٍ وَهُوَ ظَالِمٌ فَذَلِكَ الَّذِي حَرِجَ وَهَلَكَ " .
Usoma ibn Shariyk (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Paygʻambar ﷺ bilan haj qilgani chiqdim. Odamlar u zotning huzurlariga kelar edilar. Kimdir: «Yo Rasululloh, men tavof qilishdan oldin saʼy qildim», desa, kimdir: «Bir narsani oldinga oldim», yoki: «Bir narsani keyinga surdim», der edi. U zot ﷺ esa: «Hech qanday zarari yoʻq, hech qanday zarari yoʻq! Faqat zolimlik bilan musulmon kishining obroʻsiga til tekkizgan kishigagina (zarar boʻladi). Ana oʻsha kishi qiyinchilikka tushgan va halok boʻlgandir», der edilar.