حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، حَدَّثَنِي كَثِيرُ بْنُ كَثِيرِ بْنِ الْمُطَّلِبِ بْنِ أَبِي وَدَاعَةَ، عَنْ بَعْضِ، أَهْلِي عَنْ جَدِّهِ، أَنَّهُ رَأَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يُصَلِّي مِمَّا يَلِي بَابَ بَنِي سَهْمٍ وَالنَّاسُ يَمُرُّونَ بَيْنَ يَدَيْهِ وَلَيْسَ بَيْنَهُمَا سُتْرَةٌ . قَالَ سُفْيَانُ لَيْسَ بَيْنَهُ وَبَيْنَ الْكَعْبَةِ سُتْرَةٌ . قَالَ سُفْيَانُ كَانَ ابْنُ جُرَيْجٍ أَخْبَرَنَا عَنْهُ قَالَ أَخْبَرَنَا كَثِيرٌ عَنْ أَبِيهِ قَالَ فَسَأَلْتُهُ فَقَالَ لَيْسَ مِنْ أَبِي سَمِعْتُهُ وَلَكِنْ مِنْ بَعْضِ أَهْلِي عَنْ جَدِّي .
Kasiyr ibn Kasiyr ibn al-Muttolib ibn Abu Vadoʼa ahlidan bobosidan rivoyat qiladi: U Paygʻambar ﷺ Banu Sahm darvozasiga yaqin joyda namoz oʻqiyotganlarini, odamlar esa u zotning oldilaridan oʻtib turganini va ular bilan u zotning orasida sutra (toʻsiq) yoʻq ekanini koʻrgan. Sufyon: «U zot bilan Kaʼba orasida sutra yoʻq edi», dedi. Sufyon yana: «Ibn Jurayj bizga undan xabar berib: ‹Kasiyr otasidan xabar berdi›, degan edi. Men undan soʻraganimda, u: ‹Buni otamdan eshitganim yoʻq, balki ahlimdan baʼzilarining bobomdan (rivoyat qilganini eshitganman)›, dedi», dedi.