حَدَّثَنَا أَبُو مَعْمَرٍ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عَمْرِو بْنِ أَبِي الْحَجَّاجِ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَارِثِ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم لَمَّا قَدِمَ مَكَّةَ أَبَى أَنْ يَدْخُلَ الْبَيْتَ وَفِيهِ الآلِهَةُ فَأَمَرَ بِهَا فَأُخْرِجَتْ قَالَ فَأَخْرَجَ صُورَةَ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَفِي أَيْدِيهِمَا الأَزْلاَمُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " قَاتَلَهُمُ اللَّهُ وَاللَّهِ لَقَدْ عَلِمُوا مَا اسْتَقْسَمَا بِهَا قَطُّ " . قَالَ ثُمَّ دَخَلَ الْبَيْتَ فَكَبَّرَ فِي نَوَاحِيهِ وَفِي زَوَايَاهُ ثُمَّ خَرَجَ وَلَمْ يُصَلِّ فِيهِ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ Makkaga kelganlarida, Uy (Kaʼba) ichida butlar boʻlgani uchun unga kirishdan bosh tortdilar. Soʻng (butlarni chiqarishga) buyurdilar, ular chiqarildi. (Roviy) aytadi: Ibrohim va Ismoilning suratlari ham chiqarildi, ularning qoʻllarida (fol oʻqlari boʻlmish) azlom bor edi. Rasululloh ﷺ: «Alloh ularni halok qilsin! Allohga qasamki, ular bu ikkovi (Ibrohim va Ismoil) hech qachon (bu oʻqlar bilan) fol ochmaganini bilar edilar», dedilar. (Roviy) aytadi: Soʻng u zot Uyga (Kaʼbaga) kirib, uning atroflarida va burchaklarida takbir aytdilar, soʻng chiqdilar va uning ichida namoz oʻqimadilar.