حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ، عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ أُمِّهِ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّهَا قَالَتْ كُنْتُ أُحِبُّ أَنْ أَدْخُلَ الْبَيْتَ فَأُصَلِّيَ فِيهِ فَأَخَذَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِيَدِي فَأَدْخَلَنِي فِي الْحِجْرِ فَقَالَ " صَلِّي فِي الْحِجْرِ إِذَا أَرَدْتِ دُخُولَ الْبَيْتِ فَإِنَّمَا هُوَ قِطْعَةٌ مِنَ الْبَيْتِ فَإِنَّ قَوْمَكِ اقْتَصَرُوا حِينَ بَنَوُا الْكَعْبَةَ فَأَخْرَجُوهُ مِنَ الْبَيْتِ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men Uyga (Kaʼbaga) kirib, uning ichida namoz oʻqishni yaxshi koʻrar edim. Rasululloh ﷺ qoʻlimdan ushlab, meni Hijrga kiritdilar va: «Uyga (Kaʼbaga) kirmoqchi boʻlsang, Hijrda namoz oʻqi, chunki u Uydan (Kaʼbadan) bir boʻlakdir. Qavming Kaʼbani qurganlarida (mablagʻ yetmay) uni qisqartirib, uni Uydan (Kaʼbadan) chiqarib qoʻyishgan», dedilar.