حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ هِشَامِ بْنِ زَيْدٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ أَتَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم بِأَخٍ لِي حِينَ وُلِدَ لِيُحَنِّكَهُ فَإِذَا هُوَ فِي مِرْبَدٍ يَسِمُ غَنَمًا - أَحْسِبُهُ قَالَ - فِي آذَانِهَا .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Ukam tugʻilganida, uning tanglayini (xurmo bilan) ishqab qoʻyishlari uchun, men uni Nabiy ﷺ huzurlariga olib bordim. Shu payt u zot bir qoʻra ichida qoʻylarni — gumonimcha, ularning quloqlarini — tamgʻalab turgan edilar», dedi.