حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، عَنْ أَبِي الزُّبَيْرِ، عَنْ جَابِرٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم مُرَّ عَلَيْهِ بِحِمَارٍ قَدْ وُسِمَ فِي وَجْهِهِ فَقَالَ " أَمَا بَلَغَكُمْ أَنِّي قَدْ لَعَنْتُ مَنْ وَسَمَ الْبَهِيمَةَ فِي وَجْهِهَا أَوْ ضَرَبَهَا فِي وَجْهِهَا " . فَنَهَى عَنْ ذَلِكَ .
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ yonidan yuziga tamgʻa bosilgan bir eshak olib oʻtilganda, u zot: «Hayvonning yuziga tamgʻa bosgan yoki uni yuziga urgan kishini men laʼnatlaganim sizlarga yetib kelmadimi?» dedilar. Soʻng (u zot) bundan qaytardilar.