حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ مَعِينٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الصَّمَدِ بْنُ عَبْدِ الْوَارِثِ، حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ الْمُغِيرَةِ، حَدَّثَنَا حُمَيْدُ بْنُ هِلاَلٍ، عَنْ بِشْرِ بْنِ عَاصِمٍ، عَنْ عُقْبَةَ بْنِ مَالِكٍ، مِنْ رَهْطِهِ قَالَ بَعَثَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم سَرِيَّةً فَسَلَحْتُ رَجُلاً مِنْهُمْ سَيْفًا فَلَمَّا رَجَعَ قَالَ لَوْ رَأَيْتَ مَا لاَمَنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " أَعَجَزْتُمْ إِذْ بَعَثْتُ رَجُلاً مِنْكُمْ فَلَمْ يَمْضِ لأَمْرِي أَنْ تَجْعَلُوا مَكَانَهُ مَنْ يَمْضِي لأَمْرِي " .
Oʻz qavmidan boʻlgan Uqba ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ bir sariyya (qoʻshin boʻlagi) yubordilar. Men ulardan bir kishini qilich bilan qurollantirdim. U (jang)dan qaytib kelganida: «Koshki, Rasululloh ﷺ bizni qanday koyiganlarini koʻrsang edi», dedi. U zot: «Men sizlardan bir kishini yuborganimda, u mening amrimni bajarmasa, uning oʻrniga amrimni bajaradigan kishini qoʻyishga ojizmidingiz?» degan ekanlar.