حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، حَدَّثَنَا ابْنُ الْمُبَارَكِ، ح وَحَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، عَنْ مُجَالِدٍ، عَنْ أَبِي الْوَدَّاكِ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ، قَالَ سَأَلْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنِ الْجَنِينِ فَقَالَ " كُلُوهُ إِنْ شِئْتُمْ " . وَقَالَ مُسَدَّدٌ قُلْنَا يَا رَسُولَ اللَّهِ نَنْحَرُ النَّاقَةَ وَنَذْبَحُ الْبَقَرَةَ وَالشَّاةَ فَنَجِدُ فِي بَطْنِهَا الْجَنِينَ أَنُلْقِيهِ أَمْ نَأْكُلُهُ قَالَ " كُلُوهُ إِنْ شِئْتُمْ فَإِنَّ ذَكَاتَهُ ذَكَاةُ أُمِّهِ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu) aytadilar: Men Rasululloh ﷺdan homila (qornidagi bola) haqida soʻradim. U zot: «Xohlasangiz, uni yenglar», dedilar. Musaddad (oʻz rivoyatida): «Biz: ‹Yo Rasululloh, biz tuyani nahr qilamiz, sigir va qoʻyni soʻyamiz, soʻng uning qornida homilani topamiz, uni tashlab yuboraylikmi yoki yeylikmi?› dedik. U zot: ‹Xohlasangiz, uni yenglar, chunki uning (soʻyilishi) onasining soʻyilishidir›, dedilar», dedi.