حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عِيسَى، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ هَمَّامٍ، عَنْ عَدِيِّ بْنِ حَاتِمٍ، قَالَ سَأَلْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قُلْتُ إِنِّي أُرْسِلُ الْكِلاَبَ الْمُعَلَّمَةَ فَتُمْسِكُ عَلَىَّ أَفَآكُلُ قَالَ " إِذَا أَرْسَلْتَ الْكِلاَبَ الْمُعَلَّمَةَ وَذَكَرْتَ اسْمَ اللَّهِ فَكُلْ مِمَّا أَمْسَكْنَ عَلَيْكَ " . قُلْتُ وَإِنْ قَتَلْنَ قَالَ " وَإِنْ قَتَلْنَ مَا لَمْ يَشْرَكْهَا كَلْبٌ لَيْسَ مِنْهَا " . قُلْتُ أَرْمِي بِالْمِعْرَاضِ فَأُصِيبُ أَفَآكُلُ قَالَ " إِذَا رَمَيْتَ بِالْمِعْرَاضِ وَذَكَرْتَ اسْمَ اللَّهِ فَأَصَابَ فَخَزَقَ فَكُلْ وَإِنْ أَصَابَ بِعَرْضِهِ فَلاَ تَأْكُلْ " .
Adiy ibn Hotim (roziyallohu anhu) aytadi: Men Nabiy ﷺdan soʻrab: «Men oʻrgatilgan itlarni (ov ortidan) qoʻyib yuboraman, ular men uchun (ovni) ushlab beradilar, uni yeysammi?» dedim. U zot: «Oʻrgatilgan itlarni qoʻyib yuborib, Allohning nomini zikr qilgan boʻlsang, ular sen uchun ushlab bergan narsani yeyaver», dedilar. Men: «Ular (ovni) oʻldirib qoʻysalar ham-a?» dedim. U zot: «Ular oʻldirib qoʻysalar ham — toki ularga oʻzlaridan boshqa bir it qoʻshilib ketmagan boʻlsa», dedilar. Men: «Meʼroz (uchsiz oʻq) bilan otaman-da, (ovga) tegizaman, uni yeysammi?» dedim. U zot: «Meʼroz bilan otib, Allohning nomini zikr qilgan boʻlsang, u tegib teshib oʻtsa, yeyaver. Agar u koʻndalangi bilan tegsa, yema», dedilar.