حَدَّثَنَا هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، حَدَّثَنَا ابْنُ فُضَيْلٍ، عَنْ بَيَانٍ، عَنْ عَامِرٍ، عَنْ عَدِيِّ بْنِ حَاتِمٍ، قَالَ سَأَلْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قُلْتُ إِنَّا نَصِيدُ بِهَذِهِ الْكِلاَبِ فَقَالَ لِي " إِذَا أَرْسَلْتَ كِلاَبَكَ الْمُعَلَّمَةَ وَذَكَرْتَ اسْمَ اللَّهِ عَلَيْهَا فَكُلْ مِمَّا أَمْسَكْنَ عَلَيْكَ وَإِنْ قَتَلَ إِلاَّ أَنْ يَأْكُلَ الْكَلْبُ فَإِنْ أَكَلَ الْكَلْبُ فَلاَ تَأْكُلْ فَإِنِّي أَخَافُ أَنْ يَكُونَ إِنَّمَا أَمْسَكَهُ عَلَى نَفْسِهِ " .
Adiy ibn Hotim (roziyallohu anhu) aytadi: Men Nabiy ﷺdan soʻrab: «Biz mana shu itlar bilan ov qilamiz», dedim. U zot menga: «Oʻrgatilgan itlaringni qoʻyib yuborib, ularga Allohning nomini zikr qilgan boʻlsang, ular sen uchun ushlab bergan narsani yeyaver — garchi (ovni) oʻldirgan boʻlsa ham, faqat it (ovdan) yegan boʻlmasin. Agar it (ovdan) yegan boʻlsa, yema. Chunki men uni faqat oʻzi uchun ushlagan boʻlishidan qoʻrqaman», dedilar.