حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، حَدَّثَنَا أَيُّوبُ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ ابْنَ عُمَرَ، نَزَلَ بِضَجْنَانَ فِي لَيْلَةٍ بَارِدَةٍ فَأَمَرَ الْمُنَادِيَ فَنَادَى أَنِ الصَّلاَةُ فِي الرِّحَالِ . قَالَ أَيُّوبُ وَحَدَّثَنَا نَافِعٌ عَنِ ابْنِ عُمَرَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا كَانَتْ لَيْلَةٌ بَارِدَةٌ أَوْ مَطِيرَةٌ أَمَرَ الْمُنَادِيَ فَنَادَى الصَّلاَةُ فِي الرِّحَالِ .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: u sovuq bir kechada Zajnonga tushdi va munodiyga buyurdi, u: «Namozni (har kim) oʻz turar joyida (oʻqisin)», deb chaqirdi. Ayyub dedi: Bizga Nofiʼ Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan hadis aytdiki, Rasululloh ﷺ sovuq yoki yomgʻirli kecha boʻlganida munodiyga buyurar, u esa: «Namozni (har kim) oʻz turar joyida (oʻqisin)», deb chaqirar edi.