حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّهُ نَادَى بِالصَّلاَةِ بِضَجْنَانَ فِي لَيْلَةٍ ذَاتِ بَرْدٍ وَرِيحٍ فَقَالَ فِي آخِرِ نِدَائِهِ أَلاَ صَلُّوا فِي رِحَالِكُمْ أَلاَ صَلُّوا فِي الرِّحَالِ ثُمَّ قَالَ إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَأْمُرُ الْمُؤَذِّنَ إِذَا كَانَتْ لَيْلَةٌ بَارِدَةٌ أَوْ ذَاتُ مَطَرٍ فِي سَفَرٍ يَقُولُ أَلاَ صَلُّوا فِي رِحَالِكُمْ .
Nofeʼ aytadi: Ibn Umar (roziyallohu anhumo) Zajnon (degan joy)da sovuq va shamolli bir kechada namozga aytdilar (azon aytdilar) va azonlarining oxirida: «Ogʻoh boʻlinglar, makonlaringizda namoz oʻqinglar! Ogʻoh boʻlinglar, makonlaringizda namoz oʻqinglar!» dedilar. Soʻng aytdilar: «Rasululloh ﷺ safarda sovuq yoki yomgʻirli kecha boʻlsa, muazzinga: ‹Ogʻoh boʻlinglar, makonlaringizda namoz oʻqinglar!› deb aytishni buyurar edilar».