حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ ابْنَ عُمَرَ، - يَعْنِي أَذَّنَ بِالصَّلاَةِ فِي لَيْلَةٍ ذَاتِ بَرْدٍ وَرِيحٍ - فَقَالَ أَلاَ صَلُّوا فِي الرِّحَالِ ثُمَّ قَالَ إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَأْمُرُ الْمُؤَذِّنَ إِذَا كَانَتْ لَيْلَةٌ بَارِدَةٌ أَوْ ذَاتُ مَطَرٍ يَقُولُ أَلاَ صَلُّوا فِي الرِّحَالِ .
Nofeʼ aytadi: Ibn Umar (roziyallohu anhumo) sovuq va shamolli bir kechada namozga azon aytdilar va: «Ogʻoh boʻlinglar, makonlaringizda namoz oʻqinglar!» dedilar. Soʻng aytdilar: «Rasululloh ﷺ sovuq yoki yomgʻirli kecha boʻlganida, muazzinga: ‹Ogʻoh boʻlinglar, makonlaringizda namoz oʻqinglar!› deb aytishni buyurar edilar».