حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ خَلَفٍ، حَدَّثَنَا أَبُو عَاصِمٍ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، قَالَ قَالَ عَطَاءٌ اجْتَمَعَ يَوْمُ جُمُعَةٍ وَيَوْمُ فِطْرٍ عَلَى عَهْدِ ابْنِ الزُّبَيْرِ فَقَالَ عِيدَانِ اجْتَمَعَا فِي يَوْمٍ وَاحِدٍ فَجَمَعَهُمَا جَمِيعًا فَصَلاَّهُمَا رَكْعَتَيْنِ بُكْرَةً لَمْ يَزِدْ عَلَيْهِمَا حَتَّى صَلَّى الْعَصْرَ .
Ibn Jurayj aytadi: Ato aytdi: Ibn Zubayr (roziyallohu anhumo) zamonida juma kuni va fitr (hayiti) kuni bir kunga toʻgʻri keldi. Shunda u: «Ikki hayit bir kunga toʻplandi» dedi-da, ikkalasini birga qoʻshib, tongda ikki rakaat qilib oʻqidi va asrni oʻqiguniga qadar bularning ustiga (boshqa namoz) qoʻshmadi.