حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ إِسْمَاعِيلَ بْنِ أَبِي خَالِدٍ، حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ عُمَارَةَ بْنِ رُؤَيْبَةَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ سَأَلَهُ رَجُلٌ مِنْ أَهْلِ الْبَصْرَةِ فَقَالَ أَخْبِرْنِي مَا سَمِعْتَ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " لاَ يَلِجُ النَّارَ رَجُلٌ صَلَّى قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ أَنْ تَغْرُبَ " . قَالَ أَنْتَ سَمِعْتَهُ مِنْهُ ثَلاَثَ مَرَّاتٍ . قَالَ نَعَمْ . كُلَّ ذَلِكَ يَقُولُ سَمِعَتْهُ أُذُنَاىَ وَوَعَاهُ قَلْبِي . فَقَالَ الرَّجُلُ وَأَنَا سَمِعْتُهُ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ ذَلِكَ .
Abu Bakr ibn Umora ibn Ruvayba otasi (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladi. U dedi: Basralik bir kishi undan soʻrab: «Rasululloh ﷺdan eshitgan narsangni menga xabar ber», dedi. U: «Men Rasululloh ﷺning: ‹Quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin namoz oʻqigan kishi doʻzaxga kirmaydi›, deganlarini eshitdim», dedi. Haligi kishi: «Buni undan oʻzing eshitdingmi?» deb uch marta soʻradi. U: «Ha, buni ikkala qulogʻim eshitdi va qalbim yodlab oldi», deb javob berdi. Shunda haligi kishi: «Men ham u zot ﷺning buni aytganlarini eshitganman», dedi.