حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَوْنٍ، أَخْبَرَنَا خَالِدٌ، عَنْ دَاوُدَ بْنِ أَبِي هِنْدٍ، عَنْ أَبِي حَرْبِ بْنِ أَبِي الأَسْوَدِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ فَضَالَةَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ عَلَّمَنِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَكَانَ فِيمَا عَلَّمَنِي " وَحَافِظْ عَلَى الصَّلَوَاتِ الْخَمْسِ " . قَالَ قُلْتُ إِنَّ هَذِهِ سَاعَاتٌ لِي فِيهَا أَشْغَالٌ فَمُرْنِي بِأَمْرٍ جَامِعٍ إِذَا أَنَا فَعَلْتُهُ أَجْزَأَ عَنِّي فَقَالَ " حَافِظْ عَلَى الْعَصْرَيْنِ " . وَمَا كَانَتْ مِنْ لُغَتِنَا فَقُلْتُ وَمَا الْعَصْرَانِ فَقَالَ " صَلاَةٌ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَصَلاَةٌ قَبْلَ غُرُوبِهَا " .
Abdulloh ibn Fazola otasi Fazola (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladi. U dedi: Rasululloh ﷺ menga (dinni) oʻrgatdilar. Menga oʻrgatgan narsalari orasida: «Besh vaqt namozni saqla», degan ham bor edi. Men: «Bu vaqtlarda mening mashgʻulotlarim boʻladi. Shuning uchun menga shunday bir keng amrni buyuringki, men uni qilsam, menga kifoya qilsin», dedim. U zot: «Ikki asrni saqla», dedilar. Bu (soʻz) bizning lahjamizda yoʻq edi. Shunda men: «Ikki asr nima?» dedim. U zot: «Quyosh chiqishidan oldingi namoz va botishidan oldingi namoz», dedilar.