حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ آمُرَ بِالصَّلاَةِ فَتُقَامَ ثُمَّ آمُرَ رَجُلاً فَيُصَلِّيَ بِالنَّاسِ ثُمَّ أَنْطَلِقَ مَعِي بِرِجَالٍ مَعَهُمْ حُزَمٌ مِنْ حَطَبٍ إِلَى قَوْمٍ لاَ يَشْهَدُونَ الصَّلاَةَ فَأُحَرِّقَ عَلَيْهِمْ بُيُوتَهُمْ بِالنَّارِ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadilar: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Men namozni amr qilishni, soʻng iqomat aytilishini, soʻng bir kishiga buyurib, u odamlarga imom boʻlib namoz oʻqishini, soʻng oʻzim oʻt-oʻtin bogʻlamlarini koʻtargan kishilar bilan birga namozga hozir boʻlmaydigan qavm tomon borib, ularning uylarini ustlariga oʻt qoʻyib yoqib yuborishni qattiq koʻnglimga tugdim».